2022 yildan suyultirilgan gaz aksiz solig‘idan ozod etiladi

Jamiyat

image

Kelasi, 2022 yilning 1 yanvaridan ishlab chiqaruvchilar tomonidan sotiladigan gazga aksiz solig‘i solinmaydi. Bu haqda “Aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini tabiiy va suyultirilgan gaz bilan barqaror ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezidentning 5267-sonli qarorida so‘z boradi.  

Qarorga ko‘ra, joriy yilning 1 oktyabridan yuridik shaxslar tomonidan O‘zbekistonga import qilingan tabiiy gazni realizatsiya qilishda aksiz solig‘ining nol foizlik stavkasi belgilandi.

2022 yil 1 yanvardan ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan sotiladigan suyultirilgan gazga aksiz solig‘i solinmaydi.

Tadbirkorlarga tabiiy va suyultirilgan gazni O‘zbekistonga import qilishda QQSni 120 kungacha muddatga foizlar hisoblanmagan va uning to‘lanishini ta’minlash talab etilmagan holda, kechiktirib (bo‘lib-bo‘lib) to‘lash huquqi beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

165

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing