Ishini 170 ming dollarga baholagan firibgar aniqlandi
Jamiyat
−
18 yanvar 2020
7296Surxondaryoda “B.E.” xususiy korxonasi rahbari D.K. o‘zining sheriklari bilan fuqarolar G.A. va boshqalarning ishonchiga kirib, ularni aldagan. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha ular, 2018 va 2019 yilning yanvar-iyul oylarida Surxondaryo viloyatining tog‘ va tog‘oldi yalangliklarida o‘suvchi noyob hisoblangan kavrak (ferula) o‘simligi smolasini shartnoma asosida yig‘ish uchun ruxsat olib berishi evaziga, fuqarolar G.A. va boshqalarning jami 170 000 AQSH dollari va 53 mln so‘m pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan D.K. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi