ISHID terrorchisi O‘zbekistonga olib kelindi

3-sahifa

image

“Islom davlati” (ISHID) terroristik tashkilotining 53 yoshli xivalik a’zosi O‘zbekistonga olib kelindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 1969 yil Xiva shahrida tug‘ilgan fuqaro “D.U.” o‘g‘li - 1994 y.t. “D.X.” bilan birgalikda 2009-2015 yillarda Rossiya Federatsiyasida mehnat migranti sifatida ishlashi davrida ijtimoiy tarmoqlar orqali xalqaro terroristik tashkilotlar a’zolarining ta’siriga tushib qoladi.

Natijada, 2015 yilning sentyabr oyida ota-bola o‘zlarining shaxsini oshkor qilmaslik maqsadida Tojikiston Respublikasining soxta pasportini rasmiylashtirib, Turkiya orqali Suriya davlatiga borishadi hamda “Islom Davlati” xalqaro terroristik tashkiloti a’zolari safiga qo‘shilib, jangovor harakatlarda ishtirok etishadi.

Keyinroq “D.U.” Suriyadan MDH davlatlaridan biriga qo‘poruvchilik harakatlarini amalga oshirish maqsadida qaytib kelgan.

DXX xodimlarining xorijiy hamkorlar bilan birgalikda olib borgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida “D.U.” ushlanib, O‘zbekistonga olib kelingan.

Ta’kidlanishicha, qo‘lga olish vaqtida “D.U.” faol qarshilik ko‘rsatgan bo‘lsa, keyingi jarayonlarda u o‘zining “jihod” qilish borasidagi qarashlaridan voz kechmaganligini bildirgan.

Hozirda “D.U.”ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek, “D.U.”ning o‘g‘liga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1245

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing