Ishdan ketgan Ten Xagning o‘rnini Raul egallashi mumkin

Sport

image

“Bayer”ni shu yil yozda Alonsoni tark etgandan keyin uning o‘rniga Ten Xag olib kelingan edi. Ammo 2-tur yakunlangach, yomon start tufayli Erik Ten Xag kutilmaganda iste’foga chiqarildi. Shundan so‘ng “Bayer Leverkusen” yangi bosh murabbiy izlashga kirishdi. Klub rahbariyati hozircha uch nomzodni ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda “Bavarian Football Works” xabar berdi.

Nomzodlardan biri Raul Gonzalez bo‘lib, u joriy yil may oyida Ispaniyaning “Real” yoshlar jamoasini tark etgan edi. U olti yil davomida “Kastiliya”ni boshqargan va ko‘plab yosh futbolchilarning rivojlanishida muhim rol o‘ynagan. Raul ko‘p yillardan beri katta jamoada ishlash uchun tayyor ekani aytilmoqda.

Yana bir nomzod yesa Edin Terzich. U yaqinda “Borussiya Dortmund”ni tark etgan mutaxassis. U Germaniya futboliga yaxshi moslashgan, jamoani Chempionlar Ligasi finaliga olib chiqqan tajribaga ega. Terzichning nomzodi ko‘plab muxlislar orasida ham qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Bundan tashqari, Marko Roys nomzodi ham bor. “RB Leipsig”ning sobiq ustozi Roys Bundesligada o‘ziga xos uslubi bilan tanilgan, tezkor pressing va kombinatsion o‘yin tarafdori bo‘lgan.

Hozircha “Bayer” rahbariyati rasmiy qaror chiqarmagan. Lekin Germaniya matbuotining yozishicha, asosiy e’tibor Raul va Terzich atrofida to‘plangan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Turkiyaning “Fenerbaxche” klubi portugaliyalik bosh murabbiysi Joze Mourinoni iste’foga chiqargan edi. 

Jahongir Boltaboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Ten Xag “Bayer Leverkusen”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar