Ish staji kimlarga ikki barobar qo‘shib hisoblanishi ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
28 avgust 2023
23750Moxovxonalarda, vaboga qarshi muassasalarda, immunitet tanqisligi virusi bilan kasallangan shaxslar davolanadigan yuqumli kasalliklar muassasalarida ishlaganlik uchun – ikki hissa barobarida ish stajiga qo‘shib hisoblanadi. Bu haqda Pensiya jamg‘armasi o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, 1 yil mobaynida ushbu turdagi faoliyat turlarida ishlagan fuqaroning mehnat staji 2 yil deb hisoblanadi.
Ma’lumot o‘rnida, avvalroq “Davlat pensiyalarini to‘lash jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish orqali aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilingandi.
Unga ko‘ra, 2023 yil 1 noyabrdan boshlab aksiyadorlik tijorat “Xalq banki” sayyor kassalari tomonidan maxsus planshetlarda fuqarolarning barmoq izi ma’lumotlarini Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligiga elektron so‘rov yuborish orqali o‘zaro mos kelgani tasdiqlanganidan so‘ng naqd pul shaklida pensiya va nafaqa to‘lash tizimi joriy etilishi belgilangan.
Respublikaning tog‘li va olis hududlarida internet tezligi yoki boshqa muammolar sababli pensiya oluvchining barmoq izlarini elektron shaklda solishtirish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma orqali boshqa shaxsga to‘lanayotganda naqd pul shaklda pensiya va nafaqalar to‘lov qaydnomalarini imzolash orqali amalga oshiriladi.
Akobir Sayidov
LiveBarchasi