Ish beruvchiga emlanmagan xodimini ishga qo‘ymaslik huquqi berilishi mumkin

Jamiyat

image


O‘zbekistonda ish beruvchi emlanmagan xodimni ishga qo‘ymaslik huquqiga ega bo‘lishi mumkin. Bu haqda “Milliy tiklanish” partiyasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, partiya COVID-19 yuqish darajasini pasaytirish va ijtimoiy immunitetni tashkil etish maqsadida aholini vaksinatsiya qilish ishlarini jadallashtirish taklifini bildirgan. Ushbu taklifdan kelib chiqib, tegishli qonunlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. 

Qonun loyihasida “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi qonun 28-moddasida karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi xavfi mavjud bo‘lgan taqdirda O‘zbekiston davlat bosh sanitariya vrachining qarori asosida aholini profilaktik emlashdan o‘tkazish joriy etilishi mumkinligi to‘g‘risida aniq norma kiritilmoqda. Mehnat kodeksining 113-moddasida xodim yuqumli kasalliklar tarqalishi xavfi mavjud bo‘lgan taqdirda joriy etiladigan profilaktik emlashdan o‘tishni rad etgan taqdirda ish beruvchi uni ishga qo‘ymaslikka haqli ekani ko‘zda tutilmoqda.

Partiyaning xabarida keltirilishicha, fuqarolarning vaksinalarga bo‘lgan ishonchsizligi oqibatida emlashdan faqat 1 million 27 ming kishi o‘tgan, xolos. Bu 18 yoshdan oshgan aholining 4,8 foizini tashkil qilmoqda. Jamoaviy immunitetni shakllantirish uchun esa aholining 60-80 foizi emlanishi talab etiladi.

Ma’lumot o‘rnida, Xitoyda vaksinalarga bo‘lgan ishonch 90 foiz, Braziliyada 80, Hindiston, Indoneziya va Tailandda 70, Turkiya va Meksikada esa 60 foizni tashkil etmoqda. Fransiya, Gretsiya, Avstraliya, Italiya, Latviya, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston va boshqa davlatlarda majburiy vaksinatsiya amaliyoti joriy etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

130

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing