Ish haqining bir qismini natura shaklida to‘lash tartibi belgilandi
Jamiyat
−
13 iyul 2023 24219 1 daqiqa
O‘zbekistonda Mehnat kodeksiga muvofiq ish haqini natura, ya’ni qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yoki oziq-ovqat va turar-joy to‘lovi shaklida to‘lash tartibi belgilandi. Bu bo‘yicha bugun, 13 iyul kuni “Ish haqini natura shaklida to‘lashni tartibga solish to‘g‘risida” gi hukumat qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, mehnatga natura shaklida haq to‘lanishi xodimning yozma roziligiga asosan quyidagi hollarda mumkin:
• xodim yoki uning oilasi iste’moli uchun ish beruvchi tomonidan ishlab chiqarilgan va yetishtirilgan oziq-ovqat hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan hisob-kitob qilish;
• o‘ziga xizmat ko‘rsatilishi va uy xo‘jaligini yuritishda ko‘maklashish maqsadida uy xizmatchilarini yollagan ish beruvchilar tomonidan uy xizmatchilariga oziq-ovqat va vaqtincha yashash uchun uy-joy bilan ta’minlash shaklida hisob-kitob qilish.
Shuningdek, ish haqini natura shaklida to‘lash sharti xodimning roziligi asosida u bilan tuziladigan mehnat shartnomasida ko‘rsatiladi. Bunda ish haqining natura shaklidagi umumiy summasi 30 foizdan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
Live
Barchasi