Isak katta tanaffusdan so‘ng “Liverpul” mashg‘ulotlariga qaytdi
Sport
−
03 Aprel 3601 1 daqiqa
“Liverpul”ning shvetsiyalik hujumchisi Aleksandr Isak jarohatdan tuzalib jamoaviy mashg‘ulotlarga qaytdi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, futbolchi to‘liq tarkib bilan mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda va u Angliya kubogi chorak finalidan o‘rin olgan “Manchester Siti”ga qarshi o‘yinda jamoa qaydnomasiga kiritilishi kutilmoqda. Shuningdek, u “Pari Sen-Jermen”ga qarshi Yevropa Chempionlar chorak final dastlabki uchrashuvida maydonga tushishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Isak o‘tgan yili yozda 125 million funt evaziga “Nyukasl”dan “Liverpul” safiga o‘tgandi.
Eslatib o‘tamiz, hujumchi o‘tgan yili dekabr oyida “Tottenhem”ga (2:1) qarshi o‘yinda jarohat olgandi va shundan beri maydonga tusha olmayotgan edi.
Ramazon Usanov
Live
BarchasiPromis Devidni intervyu chog‘ida ari chaqib oldi
27 Sentyabr