Iroqdagi AQSH konsulxonasi yaqinida raketalar portladi (video)
Olam
−
13 Mart 2022 11641 1 daqiqa
Bugun, 13 mart kuni tunda Iroq Kurdistoni markazi, mamlakat shimolidagi Arbil shahrida joylashganAQSH konsulligi yaqiniga raketa hujumi uyushtirildi. Bu haqda “Shafaq News” Iroq xavfsizlik xizmatidagi manbaga tayanib, xabar berdi.
“Erbildagi Salohiddin dahasidagi AQSH konsulligi va “Kurdiston 24” telekanali joylashgan hududga raketalar tushdi. Portlash oqibatida “Kurdiston 24” telekanali binosiga moddiy zarar yetgan”, degan manba.
Iroq Sog‘liqni saqlash vazirligi hodisada hech kim halok bo‘lmaganini aytdi.
“Rudaw” telekanalining kurd aksilterror agentligiga tayanib xabar berishicha, Erbil Iroq tashqarisidan hujumga uchragan. 12 ta raketa uchirilgani xabar qilingan. G‘arb matbuotining amerikalik rasmiyga tayanib xabar berishicha, Erbil hududini o‘qqa tutish Eron hududidan amalga oshirilgan.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr