Iroqdagi AQSH bazasiga hujum qilindi. Dunyoning besh yirik davlati bayonot berdi

Olam

image

AQSH harbiy bazasi joylashgan Iroq Kurdistoni poytaxti Erbil aeroporti hududiga raketa hujumlari uyushtirildi. Oqibatda bir kishi halok bo‘ldi va olti kishi jarohat oldi. Amerika Qo‘shma Shtatlari, Fransiya, Germaniya, Italiya va Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirlari qo‘shma bayonotda Iroqdagi Amerika bazasi hududiga qilingan raketa hujumini qoraladi. Hujjat matni AQSH Davlat departamenti Matbuot xizmati tomonidan tarqatildi.

“Hukumatlarimiz birgalikda Iroq Hukumatini hujumni tergov qilishda aybdorlarni javobgarlikka tortishini qo‘llab-quvvatlaydi. Biz AQSH va koalitsiya harbiy xizmatchilari hamda ularning nishonlariga qilingan hujumlarga toqat qilmaslik to‘g‘risida bir fikrdamiz”, deyiladi bayonotda.

Kecha, 16 fevral kuni Oq uy matbuot kotibi Jen Psakining aytishicha, AQSH Iroqdagi raketa hujumlari uchun kim javobgar ekanini tekshirmoqda va javob berish huquqini o‘zida saqlab qoladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

654

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing