Iroqda shifoxonadagi yong‘in qurbonlari soni 100 ga yaqinlashdi. Shaharda namoyish boshlandi
Olam
−
13 iyul 2021
4351Avvalroq, Iroqning Nosiriya shahridagi koronavirusga chalingan bemorlar shifoxonasida katta yong‘in kelib chiqqani haqida xabar bergan edik. Hodisada 54 kishi halok bo‘lgani aytilgandi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in qurbonlari soni 92 nafarga yetdi. Jabrdanganlar ham 100 ga yaqin.
Hozirda yong‘in natijasida halok bo‘lganlarning qarindoshlari shifoxona tashqarisida norozilik namoyishlarini o‘tkazishmoqda. Voqea joyida yig‘ilgan namoyishchilar va politsiya xodimlari o‘rtasida to‘qnashuvlar sodir bo‘lgan. Oqibatda esa ikkita politsiya mashinasi ham yonib ketgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in kislorod balloni portlashi oqibatida kelib chiqqan. Iroq Bosh vaziri Mustafo al-Kadximi esa shifoxona rahbarini hibsga olishga buyruq bergan.
Shifoxona xodimining aytishicha, yong‘in boshlangan paytda, kamida 63 kishi ichkarida bo‘lgan. Ayni paytda qidiruv ishlari davom etmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, yong‘in sodir bo‘lgan bo‘lim atigi uch oy oldin qurilgan edi. U 70 o‘ringa ega bo‘lgan.
Durdona Pirnazarova
LiveBarchasi