Iroqda qum bo‘roni tufayli 2000 kishi shifoxonaga yotqizildi (video)
Olam
−
16 may 2022
5006Bugun, 16 may kuni Iroqda mamlakatni qamrab olgan kuchli qum bo‘ronlari tufayli butun mamlakat bo‘ylab aeroportlar, maktablar, universitetlar va hukumat idoralari yopildi hamda kamida 2000 iroqlik shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda “Anadolu” agentligi ma’lum qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, Iroqning 18 viloyatidan yettitasida, jumladan Bag‘dodda ham hukumat idoralarini yopishga buyruq bergan.
Iroq Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot kotibi Seyf Bedir aholini iloji bo‘lsa uylarini tark etmaslikka chaqirmoqda.
Bag‘dod xalqaro aeroporti va Najaf shahri aeroportidagi parvoz reyslari to‘xtatildi. Shuningdek, mamlakatda ta’lim muassasalarida darslar bir kunga to‘xtatildi.
Kamronbey Kenjayev
LiveBarchasi