Iroqda ISHIDning yangi rahbari qo‘lga olindi
Olam
−
02 aprel 2021
6866Iroq qurolli kuchlari “Yo‘lbars amiri” laqabli “Islomiy davlat” terroristik guruhi rahbarlaridan birini qo‘lga oldi. Bu haqda general-leytenant Yahyo Rasul Twitter’da ma’lum qildi.
Iroq markazidagi topshiriq paytida mamlakat qurolli kuchlari terrorchining izini topishga va pistirmani o‘rnatishga muvaffaq bo‘lgan.
“Terrorizmga qarshi xizmat qahramonlarining sa’y-harakatlari tufayli biz yangi “Yo‘lbars mintaqasi amiri”ni hibsga oldik”, deydi Rasul.
Bundan tashqari, maxsus xizmat jangarilar tortib olgan uchta mototsikl va tunnelni yo‘q qilishga muvaffaq bo‘lgan. Rasul avvalroq Iroqda yana bir amir boshqa operatsiya paytida o‘ldirilganini esladi.
ISHIDning yangi yetakchisini hibsga olish bilan bog‘liq boshqa tafsilotlar oshkor qilinmagan.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yil may oyida Iroq razvedkasi ISHID terrorchilaridan biri Abdul Nosir Kirdashning hibsga olinganini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi