Iroda To‘laganova yana bir nufuzli lavozimga saylandi

Sport

image

O‘zbekiston tennis federatsiyasining Bosh kotibi Iroda To‘laganova yana bir nufuzli lavozimga saylandi. O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasidan xabar qilishlaricha, To‘laganova bugun, 27 yanvar kuni Osiyo tennis federatsiyasining (OTF) vitse-prezidenti deb e’lon qilingan. 

To‘laganova o‘tgan yilning 1 dekabr kuni Hindistonning Bangalor shahrida o‘tgan yig‘ilishda OTF direktorlar kengashiga a’zo bo‘lgan edi. Ortda qolgan vaqt mobaynida yurtdoshimizning samarali faoliyati uni xalqaro tashkilotning vitse-prezidentlik darajasiga ko‘tardi.

Mashhur tennischi  Iroda To‘laganovani nafaqat O‘zbekistonda, balki butun dunyoda yaxshi bilishadi. U yakkalik bahslarida 3 martadan WTF va ITF turnirlari g‘olibasi hisoblanadi. Iroda To‘laganova “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni, “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Iroda To'laganova

Baholaganlar

177

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing