Irkutskda harbiy samolyot ikki qavatli uy ustiga qulab tushdi

Olam

image

Rossiyaning Irkutsk shahrida ikki qavatli uy ustiga Su-30 qiruvchi samolyoti qulab tushdi. Bu haqda Irkutsk viloyati gubernatori Igor Kobzev ma’lumot berdi.

"Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Irkutskda Su-30 toifali samolyot ikki qavatli uy ustiga qulagan. Men o‘sha joyga jo‘nab ketdim", deyiladi uning xabarida.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, samolyot sinov parvozi vaqtida halokatga uchragan.

Qayd etilishicha, xalokat sodir bo‘lgan vaqtda uyda hech kim bo‘lmagan. Biroq ekipajning ikki a’zosi halok bo‘lgan. Shuningdek, hodisa oqibatida 150 ta uy elektr ta’minotisiz qolgan.

Samolyot qulashi oqibatida yong‘in boshlangan, xususan, yong‘in maydoni 200 kv.m.ga yetgan. Xozirda voqea sodir bo‘lgan joyda o‘t o‘chirish va qutqaruv bo‘linmalari ishlamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

486

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing