Ipoteka krediti ajratishning yangi tartibi belgilandi
Jamiyat
−
07 fevral 2021
19887O‘zbekiston Respublikasi Hukumat qarori bilan Moliya vazirligi tomonidan joylashtiriladigan mablag‘lar hisobidan ipoteka kreditlari ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, Moliya vazirligi tomonidan banklarga ajratiladigan mablag‘lar va banklar tomonidan qarz oluvchilarga beriladigan ipoteka kreditlari:
- 20 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga bozor (foiz) stavkasida ajratiladi;
- ular uchun annuitet to‘lovlar tartibi tatbiq etiladi va imtiyozli davr belgilanmaydi;
- foiz stavkasi Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda, mutanosib ravishda kamayadi, oshirilgan taqdirda o‘zgarishsiz qoladi.
Mazkur nizom qoidalari:
- shahar va qishloq joylarda qurilgan birlamchi uy-joy bozorida ko‘p kvartirali uylardagi kvartiralarni sotib olishda;
- Toshkent shahri, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida tajriba tariqasida 2020 yil 1 maygacha umrbod egalik qilish huquqi asosida ajratilgan yer uchastkalarida yakka tartibdagi uy-joylarni qurish (qayta qurish) uchun ipoteka kreditlarini ajratishda qo‘llaniladi.
Shunga ko‘ra, banklar va qarz oluvchilarga nisbatan muvofiqlik mezonlari va ularga mablag‘lar ajratish tartibi belgilandi.
Fuqarolarga ipoteka krediti banklar tomonidan:
- bozor stavkasida;
- 20 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga;
- boshlang‘ich badali tajriba o‘tkazilayotgan viloyatlarda yakka tartibda qurilayotgan uy-joy qiymatining 10 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda;
- sotib olinadigan kvartira qiymatining qishloq joylarda kamida 10 foizi, shaharlarda kamida 20 foizi miqdorida;
- qishloq joylarda va shaharlarda – 1 va 2 xonali kvartiralar uchun 240 mln so‘mgacha, 3 va undan ko‘p xonali kvartiralar uchun 320 mln so‘mgacha;
- Toshkent shahrida – 1 va 2 xonali kvartiralar uchun 264 mln so‘mgacha, 3 va undan ko‘p xonali kvartiralar uchun 352 mln so‘mgacha beriladi.
Mazkur tartib yakka tartibdagi uy-joy qurlishiga ruxsat olib, lekin keyinchalik birlamchi bozorda sotish maqsadida qurilgan ko‘p kvartirali uylardagi kvartiralarni ipoteka kreditlari orqali sotishga tatbiq etilmaydi.
LiveBarchasi