“Ipoteka bank” xodimi pora bilan ushlandi
3-sahifa
−
07 avgust 2022
23018Surxondaryoda tadbirkorga 500 million so‘m kredit ajratib berish evaziga 10 million so‘m olgan “Ipoteka bank” ATIB sho‘’ba mudiri ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar qildi.
Qayd etilishicha, “Ipoteka bank” ATIB viloyat filialining sho‘’ba mudiri X.T. “L.S.” MCHJga qarashli Sho‘rchi tumanidagi ishlab chiqarish sexi binosini ta’mirlash uchun 500 mln so‘m kredit ajratib berishni va’da qilgan.
Buning evaziga esa X.T. tadbirkordan 10 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi