iPhone 14 da rostdan ham halokat detektori ishlaydimi? Blogerlar smartfonni sinadi (video)

Texnologiya 27328
image

iPhone 14 smartfonlarining asosiy xususiyatlaridan biri –  avtohalokat detektori to‘qnashuv sodir bo‘lganda avtomatik ravishda qutqaruv xizmatiga qo‘ng‘iroq qilishidir. U qanday ishlaydi va u umuman ishlaydimi? "TechRax" YouTube kanali mualliflari buni tekshirib ko‘rishdi.

Blogerlar  tajriba o‘tkazib, iPhone 14 ni mashina ichiga o‘rnatgandan so‘ng, avtomobilni masofadan boshqarish orqali yo‘l-transport hodisasini uyushtirdi.

Videoda smartfon haydovchi o‘rindig‘ining yuqorisiga mahkamlangan. Telefon halokat sodir etilganidan so‘ng, uning detektori ishga tushgan. Ekranda 10 soniya ichida qutqaruv xizmatiga qo‘ng‘iroq qilish haqida xabar paydo bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, baxtsiz hodisalarni aniqlash funksiyasi nafaqat iPhone 14, balki yangi avlod Apple Watch'da ham bor. Halokat vaqtida vidjet signal berib, maxsus bildirishnomani ko‘rsata boshlaydi, shundan so‘ng favqulodda xizmatlar chaqiriladi. Shuningdek, oldindan yozib olingan xabar va avariya joyining koordinatalari uzatiladi.

Farangiz Salimova

.
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 1086
Reyting: 3
t
×