iPhone 13 va AirPods 3 ning sotuvga chiqarilish sanalari ma’lum bo‘ldi 

Texnologiya

image

Xitoylik insayderlar Apple qachon yangi smartfonlar va simsiz quloqchinlar chiqarishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi

Ta’kidlanishicha, iPhone 13 liniyasi joriy yilning 17 sentyabrida, AirPods 3 esa 30 sentyabrda sotuvga chiqariladi. Insayderlarga ko‘ra, bu yil smartfonlarning barcha yangi modellari bir kunda chiqariladi, hech qanday kechikish bo‘lmaydi. 

Sanalar yozilgan tizer skrinshotlar isbot sifatida taqdim etilgan, lekin bunday “hujjat”ni yasash juda oson. 

“Wedbush” tahlilchisi Deniel Iv Apple yangi smartfonlarini sentyabr oyining uchinchi haftasida chiqarishi haqida yozgan. 

iPhone 13 taqdimotining sanasi hali aniqlanmagan, lekin odatda bunday tadbirlar haftaning seshanba kuni o‘tkaziladi, demak, taqdimot 7 yoki 14 sentyabrda o‘tkazilishi mumkin. 

Yangi smartfonlar yanada rivojlangan kameralar hamda kuchliroq va energiya tejovchi protsessorga ega bo‘lishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

372

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing