Investorlarlar foyda solig‘idan ozod qilinishi mumkin
Jamiyat
−
12 aprel 2022
3448Endi maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari foyda solig‘idan ular tomonidan kiritilgan investitsiyalar hajmiga qarab ozod etilishi mumkin. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyev ma’lum qildi.
Kusherboyevga ko‘ra, Soliq kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Endi maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari foyda solig‘idan ular tomonidan kiritilgan investitsiyalar hajmiga qarab:
• 3 million AQSH dollaridan 5 million AQSH dollarigacha miqdorda investitsiyalar kiritilganda – 3 yil muddatga;
• 5 million AQSH dollaridan 15 million AQSH dollarigacha miqdorda investitsiyalar kiritilganda – 5 yil muddatga;
• 15 million AQSH dollari va undan yuqori miqdorda investitsiyalar kiritilganda – 10 yil muddatga ozod etiladi.
Ta’kidlanishicha, ushbu qonun loyihasini ishlab chiqishga O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2021 yil 14 sentyabrdagi “Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilarini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroridagi vazifalar va erkin iqtisodiy zonalarning 100 dan ortiq ishtirokchilari murojaatlari asos bo‘lgan.
Qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilingan.
Avvalroq, Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 1 aprelidan boshlab tibbiyot tashkilotlari tomonidan chet eldan olib kiriladigan tibbiy jihozlar, buyumlar, asbob-uskuna va materiallar 2025 yil 1 yanvargacha qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona bojidan ozod qilinishini ma’lum qilgan edi.
LiveBarchasi