Investitsiyalar va tashqi savdo vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
14 aprel 2021
3372O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 apreldagi qarori bilan Baxtiyor Abdug‘ani o‘g‘li Rahimov O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik Axborot xizmati xabar bermoqda.
Tayinlovdan oldin Baxtiyor Rahimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda Davlat bojxona qo‘mitasida turli lavozimlarda ishlab kelgan.
U yangi lavozimida eksportni qo‘llab-quvvatlash milliy tizimining samarali ishlashini ta’minlash, tarmoq va hududlarning eksport salohiyatini rivojlantirish, tashqi bozorlarda kompleks marketing siyosatini olib borish, shuningdek, transport-kommunikatsiya va logistika salohiyatini va xalqaro transport yo‘laklarini rivojlantirish masalalarini muvofiqlashtirishga mas’ul bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, hozirda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov hisoblanadi.
LiveBarchasi