Investitsiyalar va tashqi savdo vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
18 mart 2021
3615O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 15 martdagi qarori bilan Xurram Fattixovich Teshaboyev Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari - O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi direktori etib tayinlandi.
Xurram Teshaboyev yangi lavozimida Rossiya Federatsiyasi bilan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliya-texnik hamkorlik loyihalari va dasturlarini ishlab chiqish va amalda ro‘yobga chiqarish, Rossiya Federatsiyasi bilan yuqori texnologiyalar, innovatsiyalar, sanoat, energetika, infratuzilmani rivojlantirish, transport, logistika, qishloq xo‘jaligi, turizm va boshqa yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha aniq takliflar tayyorlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Rossiya Federatsiyasi Sanoat va savdo vazirligi o‘rtasida tashkil etilgan "Loyiha ofisi" faoliyati doirasida yangi sanoat loyihalarini ishlab chiqish va Rossiya tomoni bilan hamkorlikda amalga oshirishni ta’minlashga mas’ul bo‘ladi.
Shuningdek, Xurram Teshaboyev Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markaziga rahbarlik, O‘zbekiston-Yaponiya o‘quv markazi va Respublika hududlaridagi "Loyihalar fabrikasi" tizimiga kuratorlik qilish bo‘yicha o‘z faoliyatini ham davom ettirmoqda.
Xurram Teshaboyev 2019 yil iyun oyidan buyon Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi direktori lavozimida ishlab kelmoqda.
LiveBarchasi