Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan, Shohruh Xasanovich G‘ulamov hamda Akrom Zoirovich Aliyev Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining o‘rinbosarlari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda Bosh vazir matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov ma’lum qildi.

Shohruh G‘ulamov shu paytgacha vazirlikning Xalqaro hamkorlik departamenti boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi. Akrom Aliyev esa Yangi investorlarga hamrohlik qilish departamenti rahbari lavozimida ishlardi.

Eslatib o‘tamiz, mart oyida Ilzat Ablahatovich Qosimov O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining o‘rinbosari etib tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shohruh G'ulamov Akrom Aliev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar