Interpolning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosiga yangi boshliq tayinlandi
Jamiyat
−
04 mart 2023 15306 1 daqiqa
General-mayor Shuhratjon Sobirov Interpolning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda QALAMPIR.UZ’ga Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov ma’lum qildi.
U 2020 yildan buyon Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari – Tezkor-qidiruv departamenti boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.
Ma’lumot uchun, general-mayor Shuhratjon Sobirov Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari – Tezkor-qidiruv departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlanguniga qadar Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.
Aytish joizki, Ichki ishlar vazirligida Interpolning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosi tashkil etilganiga 29 yil bo‘ldi. Unga 2021 yildan buyon polkovnik G‘anijon Alimuhammedov rahbarlik qilib kelayotgaan edi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust