Interpol xalqaro qidiruvdagi o‘zbekistonlikni Polshada ushladi

3-sahifa

image

Interpolning O‘zbekiston va Polshadagi Milliy markaziy byurolari xodimlari fuqarolarni Amerika Qo‘shma Shtatlariga jo‘natishni va’da qilgan va ulardan pul mablag‘larini olib, chet elga qochib ketgan 36 yoshli O‘zbekiston fuqarosini Varshavada ushladi. U O‘zbekistonga deportatsiya qilingan.  Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ayblanuvchi O‘zbekiston fuqarolarining ishonchini qozonib, AQSHda ishga joylashish va viza olishda ko‘mak berishni taklif qilgan. Ammo o‘z majburiyatlarini bajarmasdan turib, ulardan katta miqdorda pul olgan. Firibgarlik orqali pullarni o‘zlashtirgandan so‘ng, u mamlakatni tark etib, chet elda yashiringan.

Shundan so‘ng Samarqand viloyati IIB tomonidan olingan materiallar asosida O‘zbekiston Interpol MMB xodimlari tomonidan hibsga olish va keyinchalik ekstraditsiya qilish maqsadida xalqaro qidiruvni tashkil etish bo‘yicha xabarnoma e’lon qilingan.

“Shu kunlarda O‘zbekiston va Polsha Interpol xodimlarining muzokaralari va hamkorlikdagi tezkor harakatlari tufayli qidiruvdagi shaxs qo‘lga olinib, O‘zbekiston Respublikasiga topshirildi, endi u qilmishlari uchun qonun oldida javob berishiga to‘g‘ri keladi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

541

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing