Interpol terrorchilikda ayblanib, xalqaro qidiruvga berilgan o‘zbekistonlikni BAAda qo‘lga oldi
Jamiyat
−
02 noyabr 2021
707315 yil avval qidiruvga berilgan O‘zbekiston fuqarosi Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida qo‘lga olindi. Bu haqda Interpolning O‘zbekistondagi milliy markaziy byurosi xabar berdi.
Interpolning O‘zbekistondagi byurosi tomonidan xalqaro qidiruvda bo‘lgan shaxs BAA Interpol MMB xodimlari bilan hamkorlikdagi tezkor qidiruv tadbiri natijasida qo‘lga olingan. Ushbu shaxs 1972 y.t. O‘zbekiston fuqarosi S.M. bo‘lib, u O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 155, 161, 242 va 244-moddalarida (terrorizm, qo‘poruvchilik, jinoiy uyushma tashkil etish, ommaviy tartibsizliklar) nazarda tutilgan og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etgani uchun 2006 yildan beri xalqaro qidiruvda bo‘lgan.
Dastavval, olingan materiallar asosida ushbu shaxsning taxminiy joylashuvi haqidagi ma’lumot Interpolning Bosh Kotibiyatiga yuborilgan. Fuqaro S.M. 2006 yildan boshlab AQSH hududida yashirinib yurgani aniqlangan. Biroq 2021 yilning sentyabr oyida Vashington MMB tomonidan fuqaro S.M. AQSH hududuni tark etgani to‘g‘risida ma’lumot kelib tushgan.
O‘zbekiston MMB Interpoli va BAA Abu-Dabi Interpoli xodimlarining hamkorlikdagi tezkor qidiruv tadbiri natijasida fuqaro S.M. Abu-Dabiga yetib kelgan kunidan besh kun o‘tib qo‘lga olingan va hozirda uni O‘zbekistonga ekstraditsiya qilish choralari ko‘rilmoqda.
Avvalroq, xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi Koreyada qo‘lga olingani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi