Internetda erkak go‘dakni qo‘g‘irchoqdek har ko‘yga solayotgani aks etgan video tarqaldi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda o‘rta yoshli erkak taxminan bir yoki ikki yashar chaqaloqni stolga yotqizib, turli harakatlar bilan uning qo‘l-oyog‘ini ayamasdan qayirib, beli va boshini ezib, hatto, butun tanasini qayirib, ikki qo‘lidan ushlab xuddi qo‘g‘irchoqni aylantirgandek, chirpirak qilayotgani aks etgan videolavha tarqaldi.

Eng yomoni, Buxoroda bo‘lgani aytilayotgan mazkur holatni tasvirga ayol kishi olgan. Chunki videodan ayol kishining bamaylixotir gapirayotgan ovozi eshitilgan.

Tasvirlarda go‘dak vahshiylikka bardosh bera olmay chinqirab, tinimsiz yig‘layotgani aks etgan. Bu holatda bolaning asab tizimi shikastlanishi mumkinligi ko‘rinib turgan bo‘lsa-da, ayol kishi kulib, kim bilandir gaplashib turgani ham sezilgan. Go‘dak qariyb to‘rt daqiqa shunday azoblarga bardosh bergan.

Qayd etish kerak, bunday holat ko‘pchilikka begona emas. Xususan, yaqinda shifokor libosidagi erkakning taxminan 2 yasharlar atrofidagi bolani stolga yotqizib, turli og‘ir harakatlar bilan uning qo‘l-og‘ini, qornini ezayotgani, badanini ko‘tarib, stolga urayotgani aks etgan video tarqalgan edi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmatiga ko‘ra, massaj muolajasini bajargan shaxs mazkur faoliyat bilan shug‘ullanish uchun tegishli ruxsatnoma va sertifikatga, qolaversa, fizioterapiya yo‘nalishida diplom va malaka toifasiga ega bo‘lmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro

Baholaganlar

393

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing