Internet Explorer “dam olish”ga yuborildi
Texnologiya
−
15 iyun 2022
7176AQSHning Microsoft kompaniyasi bugun, 15 iyundan boshlab o‘zining Internet Explorer 11 (Internet Explorerning so‘ngi assosiy versiyasi)ni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatadi. Asosiy yordamni to‘xtatish to‘g‘risidagi qaror joriy yilning 19 may kuni “IT-giganti” tomonidan qabul qilindi.
Ushbu chora Windows operatsion tizimining ba’zi versiyalariga ta’sir ko‘rsatmasligi aytib o‘tildi. Xususan, brauzer Windows 10 LTSC versiyasi uchun ishlashni davom etiradi.
Microsoft, Internet Explorer bilan bog‘liq qarorini uning "eskirganligi" bilan izohladi. Brauzerning asosiy funksiyalari 2015 yilda ishga tushirilgan Microsoft Edge’ga o‘tkazildi. Xususan, ushbu brauzer eskirgan va zamonaviy veb-saytlar xamda ilovalarni qo‘llab-quvvatlaydi.
“Microsoft Edge shu va boshqa funksiyalarni bajarishga qodir bo‘lganligi sababli, Internet Explorer 11 ilovasi “dam olish” uchun yuboriladi, uning qo‘llab-quvvatlanishi 2022 yil 15 iyunda to‘xtaydi”, deyiladi IT-kompaniya xabarida.
Mijozlar, xususan Internet Explorer foydalanuvchilari uchun Microsoft’da eski brauzerdan Microsoft Yedge’ga o‘rnatilgan orqaga qarab moslik rejimi orqali foydalanish maslahat berilmoqda. Ushbu funksiya kamida 2029 yilgacha qo‘llab-quvvatlanadi. Shu bilan birga, kompaniya ushbu parametrni qo‘llab-quvvatlash to‘xtatilishidan bir yil oldin foydalanuvchilarga bu haqda xabarnoma yuborishini ta’kidlamoqda.
Brauzer haqida
Internet Explorer 1995 yilda paydo bo‘lgan va Microsoft operatsion tizimning asosiy ramzlari va taniqli belgilaridan biriga aylangan. Uzoq vaqt davomida u platformada to‘liq hukmronlik qildi va raqobatchilar (Firefox, Mozilla, Chrome brauzerlari) paydo bo‘lganidan keyin ham o‘z faoliyatini to‘xtatmadi.
Internet Explorer’ning yangi versiyalarini ishlab chiqish 2015 yilda to‘xtatdi va Microsoft Edge, Microsoft operatsion tizimning yangi nashrlari uchun asosiy brauzerga aylandi, ammo Internet Explorer’ni qo‘llab-quvvatlash shu paytgacha davom etilgan edi.
Oynisaxon Abdullayeva
LiveBarchasi