Internet erkinligi reytingi e’lon qilindi. O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

Jamiyat

image

O‘zbekiston internet erkin bo‘lmagan davlat deb topildi. Bu haqda "Fredom House" nodavlat tashkilotining internetdagi erkinlikka doir “Freedom on the Net 2020” an’anaviy hisobotida qayd etilgan.

Reyting 100 ballik baholash asosida tuzilgan va O‘zbekiston bor yo‘g‘i 27 ball olib, internet erkin bo‘lmagan davlatlar qatorida eng quyi o‘ntalikka kirgan.

Reyting tuzishda internet erkinligiga bo‘ladigan 9 ta tahdid inobatga olingan. Ahamiyatlisi, dunyodagi ikkita davlatda shu tahdidlarning barchasi uchragan. Bular: O‘zbekiston va Xitoy.

Internet erkinligiga bo‘ladigan tahdidlar:

•    ijtimoiy tarmoqlar yoki kommunikatsiya platformalari bloklangan;
•    siyosiy, ijtimoiy yoki diniy kontentga to‘siq qo‘yilgan;
•    AKT tarmoqlari qasddan buzilgan;
•    hukumatparast izohchilar onlayn muhokamalarni manipulyatsiya qilgan;
•    senzurani kuchaytiruvchi yangi qonun yoxud normativ huquqiy hujjat qabul qilingan;
•    kuzatuvlarni kuchaytiruvchi yoki anonimlikni cheklovchi yangi qonun yoxud normativ huquqiy hujjat qabul qilingan;
•    internetda siyosiy yoki ijtimoiy kontent yaratgan bloger yoki tarmoq foydalanuvchisi hibsga olingan;
•    bloger yoki tarmoq foydalanuvchisi jismoniy hujumga uchragan;
•    hukumat tanqidchilari yoki inson huquqlari tashkilotlariga texnik hujumlar bo‘lgan.

Reytingda 65 ta davlatdagi internet erkinligi tahlil qilingan bo‘lib, ularning 8 tasiida yuqoridagi 9 ta tahdiddan birontasi kuzatilmagan.

Reytingda birinchilikni 100 balldan 95 ball to‘plagan Islandiya egallagan. Kuchli beshlikka Estoniya, Kanada, Germaniya va Buyuk Britaniya kiritilgan.

O‘zbekiston 27 ball to‘plab, 57-o‘ringa joylashtirilgan.

O‘zbekiston bo‘yicha sharhda keltirilishicha, o‘tgan davrda mamlakatda internet foydalanuvchilari soni o‘sishda davom etgan. Internet foydalanuvchilari asosan assimetrik raqamli abonent liniyasi (ADSL) texnologiyasiga orqali amalga oshiradi. “The Economist Intelligence Unit”ning “Inklyuziv Internet-indeksi” ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistondagi uy xo‘jaliklarining 80 foizi Internetga ulangan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2020 yil yanvar oyida O‘zbekistonda 22 million Internet foydalanuvchisi, shu jumladan 19 million mobil Internet foydalanuvchisi bo‘lgan.

O‘zbekistonda uy xo‘jaliklarining daromadiga nisbatan olganda intenet qimmatligicha qolyapti. Shu sababdan internet narxi masalasida O‘zbekistonga ball berilmagan.

Mamlakatda telekommunikatsiya sohasida davlat kompaniyalari dominantlik qiladi. Bu sohaga boshqa ishtirokchilarning kirishi uchun esa to‘siqlar bor. Shu sababdan O‘zbekistonga 6 balldan 1 ball berilgan.

Sharhda O‘zbekistonda jurnalist va blogerlar bilan yuz bergan qator hodisalar eslatib o‘tilgan. Bundan tashqari, ijtimoiy taroqlarning bloklanishi ham qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

internet erkinligi

Baholaganlar

292

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar