Pepsi O‘zbekistondagi barcha bolalarga yangi yil mo‘’jizasini ulashmoqda

Biznes

image

O‘tgan uch kun davomida Qor bobo va Pepsi’ning Yangi yil jamoasi bolalar uylari hamda kam ta’minlangan oilalarga tashrif buyurishdi. Pepsi jamoasining tashabbusi bilan bayram tadbirlari tashkil qilinib, tashkilotchilar bolalarga Yangi yil mo‘’jizasi hissini hadya qildilar. Bolalar Qor boboni quvonch ila qarshi olib, she’rlarini aytib berishdi va intiqlik bilan kutgan sovg‘alarini olishdi. 2020 yilning yakuniga qadar jamoa O‘zbekistonning barcha hududlarida joylashgan 18 ta bolalar uyi va kam ta’minlangan oilalar xonadoniga tashrif buyurishni rejalashtirgan.

Bayram tadbirlarini tashkil qilishdan tashqari, Yangi yil uslubida bezatilgan brendli Pepsi mashinalaridan tashkil topgan karvonlar bir necha kundan beri yurtimiz shaharlari bo‘ylab harakatlanib, sovg‘alar tarqatmoqda va shu orqali ham bolajonlar, ham kattalarga quvonch ulashmoqda!

2020 yil 25-30 dekabr kunlari bayramona Pepsi mashinalari karvonini quyidagi shaharlarda izlang: Termiz, Qarshi, Nukus, Urganch, Farg‘ona, Andijon, Namangan, Buxoro, Navoiy, Sirdaryo, Guliston, Chirchiq.

Pepsi bilan bolajonlarga Yangi yil mo‘’jizasini taqdim qilish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

36

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing