Instagram TikTok`ning ommalashuviga qarshi kurash boshladi

Texnologiya

image

Facebook egalik qiluvchi Instagram ijtimoiy tarmog‘ida boshqa ilovalardan olingan videolar ommalashuvi “qattiq nazorat”ga olinadi. Bu haqda kompaniya ma’lum qildi.

E’lon qilingan xabarda kompaniya boshqa ilovalar (asosiy raqobatchi – TikTok’ka sha’ma qilinmoqda) videolarini Instagram Reels tizimiga yuklashni tavsiya qilmagan. Instagram’da endi videoda logotip yoki qaysidir ilova maxsus belgisi mavjud bo‘lgan kontent qo‘llab-quvvatlanmaydi va bu Reels qidiruv tizimida topish eng qiyin bo‘lgan video bo‘lib qoladi.

Ma’lumot o‘rnida: Instagram 2020 yil avgust oyida tarmoq ommabopligini saqlab qolish va foydalanuvchilar TikTok’ka “ko‘chib o‘tishi”ning oldini olish maqsadida “Reels” qisqa-video kontent tizimini ishga tushirgandi. Shuningdek, Youtube ham o‘tgan yil Sentyabr oyida “Shorts” formatini ommaga taqdim qilgandi

Hidoyatbek Atabayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

276

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing