“Instagram qotili” politsiya bilan otishma paytida halok bo‘ldi (video)

Olam

Myeksikalik giyohvand kartel a’zosi, “Instagram qotili” La Katrina sifatida tanilgan Mariya Guadalupe Lopez politsiya bilan otishma vaqtida halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda. 

Politsiya xodimi tomonidan suratga olingan videoda bo‘yinidan yaralangan va devorga suyangan qiz tasvirlangan. Uning oldiga qo‘riqchisi kelib, tinchlanishni va vertolyot kelishini kutishini so‘raydi. Xavfsizlik kuchlari tomonidan suratga olingan yana bir videoda Lopezni shifoxonaga yotqizish uchun vertolyotga qanday olib kirilgani ko‘rsatilgan. Xabar qilinishicha, u davolanayotgan paytida shifoxonada vafot etgan.

Harbiy operatsiya davomida Lopez guruhining yettita a’zosi hibsga olingan. 

Marhum 21 yoshli qiz CJNG giyohvand kartelining yetakchilaridan biri edi. Aytilishicha, u o‘tgan yilning oktyabr oyida 13 nafar politsiya xodimini o‘ldirgan.

Bundan tashqari, u Instagram’da taniqli bo‘lib, u o‘z blogida qurollarning rasmlarini joylashtirib borgan.


Maqola muallifi

Teglar

Instagram qotili Meksika

Baholaganlar

167

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar