Inson organizmini virusdan himoyalovchi eng zarur modda nimaligini bilasizmi?

Salomatlik

image

Odamning immunitet tizimi tanaga kirishi mumkin bo‘lgan yot organizmlardan himoya qiluvchi yagona qalqon hisoblanadi. Ammo ba’zida u bizga hujum qiluvchi omillarga qarshi mustaqil kurashishga qodir bo‘lmaydi.

Immunitet zararli diyetalar, salbiy  ekologik omillar, organizmga kerakli vitamin va minerallar yetishmovchiligi tufayli ham  zaiflashishi  mumkin. Mineral moddalar orasida rux (sink) moddasi immunitet tizimini qo‘llab-qo‘vvatlashda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Immunitet tizimi bu elementga doimiy katta ehtiyoj sezadi.

Rux bir vaqtning o‘zida immunitetning barcha bo‘g‘inlariga birdek ta’sir ko‘rsatuvchi yagona moddadir. U immun hujayralari sonini va faolligini oshiruvchi tabiiy immunomodulyator hisoblanadi.

Organizmda ruxning vazifasi va u qanday ishlaydi?

Rux eng avvalo interferonlar ishlab chiqarishni ko‘paytiradi. Ular organizmni virus, bakteriya va boshqa mikroorganizmlarni yuqtirishdan himoyalovchi oqsillardir. Interferonlar miqdori yetarlicha bo‘lmasa virus hujayra himoya qobig‘ini osonlik bilan zararlab, inson tanasida joylashib oladi.

Organizmga tushgach, virus o‘zini juda ayyor tutadi, u inson hujayrasiga joylashib, undan nusxa ko‘chiradi, shu soxta qiyofa bilan keyin barcha sog‘lom hujayralarning ichiga kirib ularni zararlaydi. Bu jarayonni o‘z vaqtida faqat  rux bartaraf qiladi.

Shuningdek, u limfotsitlarni halokatdan saqlaydi. Aynan limfotsitlar dushman agentlarini taniydi va T-hujayralarga organizm hujumga uchragani to‘g‘risida signal yuboradi.

Rux “immunitet tizimining yuragi” deb nomlanuvchi timus bezi funksiyasini kuchaytiradi. Bu bez o‘z navbatida virusni taniydigan va zararsizlantiradigan T-hujayralarini ishlab chiqaradi. Shu tariqa inson immuniteti potensial xavf va tahdidlarga darhol javob beradi va ularni bartaraf qiladi. Kuchli rux yetishmovchiligi timus bezi atrofiyasini keltirib chiqarib, butun immun tizimining izdan chiqishiga olib kelishi mumkin.

Virus hujayrasida rux miqdorining oshishi unga o‘z-o‘zini halok qilish signalini beradi, oqibatda virus o‘ladi.

Rux moddasini organizm asosan oziq-ovqat mahsulotlaridan oladi. Bularga go‘sht, sut mahsulotlari, pista-yong‘oq va dukkakli mahsulotlar kiradi.

Zamonaviy hayot ritmida ratsional ovqatlanishda muammolar yuzaga kelganda tarkibida rux mavjud mineral komplekslar qabul qilish maqsadga muvofiqdir.

Ruxning “xelatlangan sink” holatdagisi mineralning biologik jihatdan inson organizmi  o‘zlashtirishi uchun eng maqbul shaklidir.

Ma’lumot o‘rnida rux soch to‘kilishi, erta qarish va teri sifatini buzilishini ham oldini olishini eslatib o‘tamiz.

Dilnoza Axmatova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

307

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing