Inson miyasida noma’lum bo‘lgan yangi qatlam aniqlandi
Bu qiziq
−
10 yanvar 2023
14649Daniyaning Kopengagen universiteti va Amerikaning Rochester universiteti tadqiqotchilari inson miyasini himoya qilishga yordam beradigan to‘qima qatlamini aniqladi. Bu haqda “Science Alert” nashri xabar berdi.
Qalinligi atigi bir necha hujayra bo‘lgan bu membrana miyadagi bo‘linmalar o‘rtasida kichik, erigan moddalar almashinuvida vositachilik qiladi. Shuningdek, u infeksiyalarga qarshi himoya vazifasini bajarib, miyaning glimfatik, ya’ni miya qon tomirlari va qobiqlari bilan bog‘liq tizimining faol ishlashiga yordam beradi.
Olimlar miyaning araxnoid membranasi ostidagi bu qatlamni SLYM – subaraxnoid limfa membranasi deb atagan. Bu qatlam inson hayotida muhim ahamiyat kasb etadi.
SLYM miyani himoya qiladigan boshqa ikkita membrana o‘rtasida joylashgan. U inson miya suyuqligi bo‘shlig‘ini ikkiga ajratadi va miyani o‘rab turgan ma’lum membranalarning umumiy sonini to‘rttagacha yetkazadi.
Bu qatlam nson hayotida muhim ahamiyat kasb etib, uning zararlanishi skleroz yoki Alsgeymer kasalligini qo‘zg‘atishi mumkin.
Ozoda Choriyeva
LiveBarchasi