Insha Alloh so‘zi nemis izohli lug‘atiga kiritildi
Olam
−
06 yanvar 2020
5934Musulmonlar tomonidan eng ko‘p qo‘llaniladigan Insha Alloh so‘zi nemis izohli lug‘atidan o‘rin oldi.
Germaniyaning eng muhim va keng qamrovli lug‘ati Duden veb-saytida Insha Alloh so‘zi nemis tilida "inschallah " sifatida berilgan. Shu tarzda, kundalik hayotda eng ko‘p ishlatiladigan so‘z nemis lug‘atiga kirdi
Izohli lug‘atda ushbu so‘zning ma’nosi “Alloh istasa” deya ifodalangan.
Qayd etilishicha, bu so‘z arab tilidan kirib kelgan bo‘lib, musulmonlar orasida juda ko‘p ishlatiladi.
Ushbu so‘z Duden’ning bosma lug‘atiga ham kiritilishi yuzasidan aniq ma’lumotlar hozircha mavjud emas.
LiveBarchasi