Inoue Ahmadaliyevga javob qaytardi

Sport

image

Vazn toifasidan qat’i nazar (P4P) reytingining yaponiyalik yetakchisi, o‘z vaznining mutlaq chempioni Naoya Inoue o‘zbekistonlik bokschi, vaqtinchalik WBA kamari sohibi Murodjon Ahmadaliyevning chaqiruviga nihoyat javob berdi.

“Nima uchun men Tapalesga yutqazgan odamdan qochishim kerak? Bunga umuman hojat yo‘q. Agar jang qilishni istasang, g‘alaba qozonishda davom et va kut! Men hozir bor e’tiborimni Gudman bilan jangga qaratganman”, deydi Inoue.

Ma’lumot uchun, 30 yoshli Murodjon Ahmadaliyev oxirgi jangini meksikalik Rikardo Espinoza Frankoga qarshi o‘tkazib, 3-raunddayoq raqibini nokautga uchratdi va WBA Interim kamarini qo‘lga kiritdi. 31 yoshli Inoue esa navbatdagi jangini yanvar oyida avstraliyalik Sem Gudmanga qarshi o‘tkazishi kutilmoqda.

Inoue Gudman bilan jangdan so‘ng 100 kun ichida Ahmadaliyev bilan jang qilish borasida kelishib olishi kerak.


Maqola muallifi

Teglar

boks Murodjon Ahmadaliev Naoya Inoue

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing