Inflyatsiya va daromad. MB 9 oyda narx-navo va maosh qanchalik o‘sganini ma’lum qildi

Jamiyat

image

2021 yilning sentyabr oyi yakunlari bo‘yicha O‘zbekistondagi yillik inflyatsiya 10,8 foizni tashkil etdi. Xususan, oziq-ovqat mahsulotlari narxi yillik hisobda 14,4 foizga, yoqilg‘i mahsulotlarining narxi esa 23,2 foizga o‘sdi. Ushbu davrda aholi daromadlari real hisobda 10,4 foizga oshdi.

Markaziy bank Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, joriy yilning o‘tgan davrida global iqtisodiy sharoitlarda asosiy oziq-ovqat tovarlari va energiya resurslari narxining sezilarli qimmatlashishi fonida inflyatsion jarayonlarning tezlashishi kuzatilgan.

Sentyabr oyida aholining kelgusi o‘n ikki oylik inflyatsion kutilmalari 15,8 foizgacha va tadbirkorlik sub’ektlarniki esa 14,7 foizgacha pasaygan.  

Inflyatsiyaning pasayish tendensiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan asosiy omil oziq-ovqat va yoqilg‘i mahsulotlari narxlarining o‘sishi bilan izohlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

93

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing