Infinity: Yuqori darajadagi hayot markazi

Biznes

image

Golden House bilan birgalikda yuqori darajadagi hayotni his eting!

O‘zingizning shinam uyingizdagi baxtli kelajak haqidagi doimiy orzularingizni esdan chiqaring. Oldingizda yangi davr qurilishining timsoli turibdi! Infinity rezidensiyasi qulay turmush uchun barcha narsalarni o‘zida mujassam qilgan holda hashamatli hayotning haqiqiy  markaziga aylanadi. Golden House o‘z mijozlariga haqiqiy bahoriy sovg‘a tayyorlab qo‘ydi va 9 martga qadar Infinity apartamentlarini 8 foizli chegirma bilan xarid qilish imkoniyatini taqdim etadi!

Majmua unsurlar xususiyati bilan boyitilgan. Ravon binolar tuproq, suv, havo, olov va qalb unsurlari bilan nomlangan. Rezidensiya aholisi har kuni cheksizlik kuchi bilan quvvatlanib turadi, g‘amxo‘r tabiat hamda zamonaviy texnologiya mo‘’jizalari uyg‘unligidan rohat oladi. 
Majmuaning bitmas-tuganmas qulayligi sizni mutlaqo yangi hayot muhitiga chorlaydi. Undagi har bir bino noyoblik va takrorlanmas qismlar bilan to‘ldirilgan. Infinity majmuasi poytaxtning qoq markazidan o‘rin olgan qulay transport qatnoviga ega. Qavatlar soni 12 dan 16 gacha bo‘lib, to‘rtinchi qavatdanoq buyuk tog‘larga bo‘lgan manzaralar ochiladi.

Loyiha mualliflari bir nechta tarh turlarini tayyorlab qo‘yishgan, shu bois har bir mijoz o‘z didiga mos bo‘lgan shinam xonadon tanlay oladi. Yashash joylari zamonaviy tendensiyalar asosida loyihashtirilgan va barcha foydasiz maydonlar imkon qadar kamaytirilgan. Shuningdek, developer “aqlli uy” funksiyasiga ega xayflet (baland shift) formatidagi uylarni taklif qiladi. Avtomobilsiz hovlilar va ikki qavatli yerosti avtoturargohi, rivojlangan ijtimoiy infratuzilma, bolalar maydonchalari va hordiq chiqarish uchun keng imkoniyatlar — Infinity majmuasi afzalliklarining bir qismi, xolos.

Bolalar bog‘chalari va maktablarning yaqin joylashuvi ham e’tiborga loyiq. Majmua atrofidagi tashqi infratuzilma ob’ektlari yuqori darajada — shaharning eng zo‘r restoranlari, eksklyuziv butiklar, elchixona va yetakchi oliy ta’lim maskanlari. Salobatli majmua xaridlar qilishni, vaqtini farzandlari va do‘stlari bilan chog‘ o‘tkazishni xush ko‘ruvchilar uchun haqiqiy tuhfa bo‘lmish o‘zining savdo-ko‘ngilochar markazi bilan ham xursand qiladi.

Golden House loyihalarining muhim mezonlaridan biri — bu mijozlarning sog‘lom turmush tarzi haqida qayg‘urishdir. Shu bois ushbu majmuadan barchaga sevimli bo‘lib ulgurgan Ekopark hududigacha qulay piyoda va velosiped yo‘laklari o‘tkaziladi. Ko‘kalamzorlashtirilgan hududlar esa kuningizni tetiklashtiruvchi havo bilan to‘ldirib turadi. Kechki payt siz yaqinlaringiz bilan sayr qilishingiz mumkin, farzandlaringiz bolalar maydonchalarida do‘stlari bilan o‘ynaydi, kattalar esa shinam shiyponchalar ostida qo‘shnilar bilan iliq suhbatlar qurishi mumkin.

Golden House o‘z mijozlarini xursand qilishda va ularga g‘amxo‘rlik qilishda davom etadi! Xonadonlar xaridi uchun 8% chegirmadan tashqari, noyob aksiya ham amal qilayotganini ma’lum qiladi. Unga ko‘ra, har bir mijoz birdan ikkita xonadon sohibiga aylanishi mumkin: Infinity'dan apartament xarid qiling va Golden House turar joy majmualarining biridan yana bir xonadon yutib olish imkoniyatini qo‘lga kiriting. Aksiya tugashiga oz vaqt qoldi. Orzularingizni haqiqatga aylantirish vaqti keldi!

Qo‘ng‘iroq qiling va chegirmaga ega bo‘ling: (+998) 78−888−18−88

Markaziy savdo ofisi: Mirzo Ulug‘bek tumani, Osiyo ko‘chasi, 3-uy.

Mo‘ljal: Orient Finans Bank

Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring

Facebook’da do‘stlaringiz bilan bo‘lishing 

Instagram’da yangiliklardan boxabar bo‘ling 

Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling

 

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

7

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing