Infinity – poytaxt markazida orzuingizdagi apartamentlar

Biznes

image

Shaharning yangi me’moriy inshooti – bu Infinity majmuasi. Beshta osmono‘par bino poytaxtning keskin sur’atlardagi hayoti va premium toifasidagi hashamatli turarjoy jozibasini o‘zida mujassam etgan.

Bu koshonalar egalarining nafis uslubi, novatorcha didi va imijini aks ettiruvchi ayni majmuadir. Infinity me’morchiligi bu shakl va materiallarning o‘zaro murakkab hamohangligi, mayinlik, soflik va cheksizlikning birligidir.

Beshta 12–17 qavatli binolar, oxirgi qavatlardagi ajoyib manzarali pentxauslar – ushbu loyihaning go‘zalligi va funksionalligini munosib baholay oluvchi muvaffaqiyatli va zamonaviy insonlar uchun. Infinity’ning beshta binosi beshta unsurning timsoli bo‘lib xizmat qiladi: suv (Aqua), tuproq (Terra), havo (Aer), olov (Ignis) va ruh (Spiritus) va shularga muvofiq o‘z nomini olgan. Inshootlar yirik savdo-ko‘ngilochar markazi bilan puxta o‘ylangan yagona kompozitsiyani yaratadi.

Infinity Toshkentning qoq markazida, yirik Abdulla Qodiriy va Istiqbol ko‘chalari kesishmasida, “Toshkent” metro bekatidan 3 daqiqalik masofada joylashgan. Bu – yashash uchun ajoyib va rivojlangan joy. Qulay transport qatnovi va ko‘psonli savdo nuqtalari, maktablar, universitetlar, ijtimoiy ovqatlanish joylari va shaharning boshqa malohatlari bu yerdagi hayotni barcha yoshdagilar uchun yanada qulay va shinam qiladi.

Majmuaning mukammal infratuzilmasi sifatli xizmatga bo‘lgan ehtiyojingizni qondiradi: binolarning birinchi qavatlaridan supermarket, bank bo‘linmalari, shinam kafe va restoranlar hamda maishiy xizmat nuqtalari joy oladi. Infinity xolli – bu yumshoq va qulay kursilar qo‘yilgan mehmonlar joyini, konserj xizmati va lift hududini o‘z ichiga oluvchi yirik maydon. 

Infinity’da eng yuqori darajadagi hayotni ta’minlash uchun barchasi muhayyo. Uydagi maishiy masalalar tezkorlik bilan va professional tarzda bajarilishi uchun yuqori sifatli konserj xizmati xodimlari pochta jo‘natish yoki qabul qilish, mehmonlarni kutib olish, chipta yoki restoranga joy buyurtma qilish, shuningdek, taksi yoki usta chaqirishda sizga mamnuniyat bilan ko‘maklashishlari mumkin va zarurat bo‘lgan vaqtda, albatta, siz bilan bog‘lanadilar.

Apartamentlar eng ilg‘or qulaylik tizimlari bilan jihozlanadi: sovutishning multisplit tizimi, haroratni nazorat qilish datchigi o‘rnatilgan isitish tizimi va zamonaviy uy-joyning boshqa afzalliklari, kirish joylarida tezkor shovqinsiz liftlar, butun majmua bo‘ylab esa – videokuzatuv kameralari o‘rnatiladi.

Koshonalarning taklif qilinayotgan tarh (planirovka)larning xilma-xilligi xaridorlarga o‘zlar uchun eng maqbul bo‘lgan variantni tanlashga imkon beradi. Maydonning qismlarga to‘g‘ri bo‘linganligi har bir apartamenda hayot uchun qulay va funksional muhit yaratadi va turli xil dizaynerlik yechimlarini amalga oshirishga yo‘l ochadi.

Siz apartamentlarning bir nechta interer dizaynlari namunalarini ko‘rishingiz va o‘zingiz uchun qiziq bo‘lganlarini saqlab qo‘yishingiz mumkin. Shaxsiy xonadoningizni xarid qilganingizda esa shu namunalardan foydalanishingiz yoki tasavvuringizga erk bergan holda o‘z xususiyatlaringizni aks ettiruvchi o‘zgacha dizayn bilan uyingizni ta’mirlashingiz mumkin.

Poytaxt markazidan apartamentlar xarid qiling va premium toifasining barcha afzalliklarini his qiling!

Batafsil ma’lumot uchun: +998 78 888 18 88

Golden House markaziy savdo ofisi: Mirzo Ulug‘bek tumani, Osiyo ko‘chasi, 3-uy.

Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring

Facebook’da do‘stlaringiz bilan bo‘lishing 

Instagram’da yangiliklardan boxabar bo‘ling 

Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling

 

Reklama huquqi asosida
 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

16

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing