Indoneziyalik bokschi og‘ir nokautdan keyin vafot etdi
Sport
−
05 mart 2022 13463 1 daqiqa
Indoneziyalik bokschi Xeru Purvanto joriy yilning 27 fevral kuni Jakartadagi jangda olgan jarohatlari tufayli bir necha kun komada yotganidan so‘ng vafot etdi.
35 yoshli bokschi Jeyms Mokogintaga qarshi jangning 7-raundida nokautga uchragach, koma holatiga tushib qolgandi. VOI axborot agentligining xabar berishicha, sportchi oradan bir necha kun o‘tgach, shifoxonada vafot etgan.
Ma’lumot uchun, Purvanto professional boksdagi faoliyatini 2004 yilda boshlagan.
Shaxboz Qahhorov
Live
Barchasi