Indoneziyaga qizlarni fohishalikka yubormoqchi bo‘lgan shaxslar 5 yilga qamaldi
3-sahifa
−
23 noyabr 2022
4318Andijonlik qizlarni fohishalik qilish uchun Indoneziyaga yubormoqchi bo‘lgan ikki nafar shaxs 5 yilga qamaldi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Qayd etilishicha, Ohangaron shahrida yashovchi shaxs hamda Nurafshon shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro xorijda yashovchi tanishi bilan kelishgan holda qizlarni fohishalik qilish uchun Indoneziyaga yuborishni rejalashtirgan.
Chet elda yashovchi fuqaro ijtimoiy tarmoqlar orqali Andijon viloyatida istiqomat qiluvchi 2 nafar qizni yollaydi. Shundan so‘ng, qizlar uchun aviachiptalar va tegishli viza hujjatlari rasmiylashtirilib, elektron shaklda yuborilgan.
Ularga xorijdagi faoliyatlari bo‘yicha tushunchalar berilgan hamda aeroportda foydalanish uchun qalbaki PZR-test ma’lumotlari tayyorlangan.
Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent xalqaro aeroportida ushbu shaxslarning noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yilgan.
Holat yuzasidan ikki nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan. Ular Jinoyat Kodeksining 25,135- va 228-moddalari bilan aybli deb topilgan. Ularning har biriga 5 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
LiveBarchasi