Indoneziyada Semeru vulqoni otildi (video)
Olam
−
04 dekabr 2022
4883Indoneziyada joylashgan Yava orolida Semeru vulqoni otildi. Bu haqda Indoneziya favqulodda xizmatlariga tayanib “Reuters” agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Indoneziya hukumati orolda maksimal ogohlantirish e’lon qilgan. Sharqiy Yava provinsiyasidagi vulqon yaqinida yashovchi aholini evakuatsiya qilish boshlangan.
Mamlakat hukumati mahalliy aholidan otilish markazidan 5 kilometr radiusda bo‘lmaslikni, shuningdek, lava oqimi ehtimoli tufayli daryolarga 500 metrdan yaqinroq kelmaslikni so‘ragan.
Ma’lumot uchun, oxirgi marta Semeru vulqoni 2021 yil dekabrida otilgan. Vulqon otilishi oqibatida 57 kishi halok bo‘lgan. Indoneziyada 142 vulqon mavjud bo‘lib, bu mamlakatda 8,6 million kishi vulqonlar yaqinida yashaydi.
Indoneziya "Olov halqasi" deb ataladigan joyda – uzunligi 40 ming km bo‘lgan vulqonlar va tektonik yoriqlar chizig‘ida joylashgan. Shu sababli u yerda nafaqat vulqon otilishi, balki zilzilalar ham muntazam ravishda sodir bo‘ladi.
LiveBarchasi