Indoneziyada palubasida 250 dan ortiq odam bo‘lgan kema yonib ketdi (video)

Olam

image

Indoneziyaning Shimoliy Maluku provinsiyasiga yaqin bo‘lgan qirg‘oqda palubasida 257 kishi bo‘lgan kema yonib ketdi. Kema bortidagilarning barchasi sog‘-salomat evakuatsiya qilindi. Bu haqda Indoneziyaning Ternate orolining Qidiruv va yordam xizmati veb-saytida xabar berilgan.

“Qabul qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, Sanana oroliga 257 kishi evakuatsiya qilindi. Ulardan 128 nafari erkak, 97 nafari ayol, 35 nafari bolalar va 14 nafari ekipaj a’zolari”, deyiladi xabarda.

Qutqaruv xizmati voqea haqida mahalliy vaqt bilan soat 8:30 da ma’lumot olgan. Yong‘in Ternate–Sanana yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanadigan “Karya Indah” kemasida sodir bo‘lgan.

Shu bilan birga, evakuatsiyani amalga oshirishda hissasi katta bo‘lgan 10 ta barkasni (kichikroq kema — tahr.) mahalliy aholi taqdim qilgan.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyi oxirida Janubiy Koreyaning Pusan dengiz portida ta’mirda bo‘lgan “Rosribflot” kompaniyasining kemasida ham yong‘in chiqqandi. O‘shanda ham voqea oqibatida hech kim jabr ko‘rmagan, kemadagilarning barchasi qutqarib qolingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

132

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing