Indoneziyada kuchli toshqin oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi

Olam

image
0:00
0:00
download

Indoneziyaning Yava shtatida kuchli yomg‘ir suv toshqinlarini keltirib chiqardi. Toshqin oqibatida 8 kishi halok bo‘lgan, 3 kishi esa bedarak yo‘qolgan. Bu haqda “Al-Jazeera” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, kecha, 4 noyabr kuni Arjuno tog‘i yonbag‘irlaridagi daryolar toshishi oqibatida Sharqiy Yava shtatidagi Kota-Batu shahridagi beshta qishloqni suv bosgan.

“Hozircha biz bedarak yo‘qolgan uch kishini topishga harakat qilmoqdamiz”, deydi Tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf qilish agentligi rahbari Abdul Muxariy bayonotida.

Ma’lum qilinishicha, yo‘llarning to‘silishi, qalin loy va vayronalar bilan qoplangani yordam ishlariga to‘sqinlik qilmoqda.

Agentlik tarqatgan surat va videolarda ko‘prik buzilgani, uylar va mashinalar qalin loyga botganini ko‘rish mumkin.

Rasmiylar yetkazilgan zarar va ehtimoliy qurbonlar haqida ma’lumot yig‘ishda davom etmoqda va ular jabrlangan hududlardagi odamlarni hukumat boshpanalariga evakuatsiya qilishni boshlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

14

Reyting

3.5

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing