Indoneziyada qamoqxonadagi yong‘inda 40 kishi halok bo‘ldi
Olam
−
08 sentabr 2021 5337 1 daqiqa
Bugun, 8 sentyabr kuni Indoneziyaning Banten provinsiyasidagi Tangerang shahrida joylashgan qamoqxonada yirik yong‘ir sodir bo‘ldi. Buning oqibatida hozirgacha 40 nafar odam halok bo‘ldi. Bu haqda CNN Indonesia telekanali xabar berdi.
Uning ma’lumotiga ko‘ra, yong‘inda jabrlanganlar ham bor, ular shifoxonaga yotqizilgan. Jarohatlanganlar soni ochiqlanmagan.
“Reuters” agentligi xabar berishicha, qamoqxona binosida chorshanba kuni kechqurun yong‘in boshlangan, hozir esa o‘chirilgan. Jazoni ijro etish muassasasi zudlik bilan evakuatsiya qilingan.
Voqea yuzasidan tergov boshlangan.
Live
BarchasiTibbiy xizmatlar hajmi 3 karra oshdi
28 avgust
Maktablarda qamrov 78 foizga oshirildi
28 avgust