Indoneziyada Imom Buxoriy nomidagi masjid ochildi

Jamiyat

image

Indoneziyadagi yangi masjidga Imom Buxoriy nomi berildi. Bu haqda O‘zbekiston Sport va turizm vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, masjid O‘zbekistonning Indoneziyadagi Turizm elchisi Eko Shri Margianti tashabbusi bilan barpo qilingan bo‘lib, masjid Gunadarma universiteti arxitektor talabalari tomonida loyihalashtirilgan.

Mazkur masjid ochilishida Turizm va sport vaziri Aziz Abduxakimov onlayn tarzda nutq so‘zlab, Indoneziya musulmonlari tomonidan “ulug‘ muhaddis Imom al-Buxoriyning nomlariga masjid barpo qilinishi ikki xalq o‘rtasidagi birodarlik aloqalarini yanada mustahkamlashini” e’tirof etgan.

Masjid O‘zbeksitonda mavjud arxitektura yechimlari asosida barpo etilgan. Uning naqshlariga Shohi Zinda ziyoratgohidan andoza olingan bo‘lsa, masjid g‘ishtlarini terishda Buxorodagi Poyi Kalon masjidiga o‘xshash tarzda yondashilgan. Masjidning old tarafida Hast Imom masjidida mavjud minoralar kabi ikki minora qad rostlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

44

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing