Indoneziya Prezidenti Putin va Zelenskiy bilan ko‘rishmoqchi

Olam

image

Indoneziya Prezidenti Joko Vidodo iyun oyi oxirida Rossiya va Ukrainaga tashrif buyurib, ikki davlat rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazish niyatida. Bu haqda bugun, 22 iyun kuni Indoneziya Tashqi ishlar vaziri Retno Marsudi ma’lum qildi. 

“Indoneziya Prezidenti Kiyev va Moskvaga tashrifi chog‘ida Prezident [Vladimir] Zelenskiy va Prezident [Vladimir] Putin bilan uchrashadi”, deya Antara agentligi Tashqi ishlar vazirining so‘zlaridan iqtibos keltirgan. 

Marsudining ta’kidlashicha, Joko Vidodo Rossiya Qurolli kuchlarining Ukrainaga harbiy bosqini boshlanganidan keyin Rossiya va Ukrainaga tashrif buyurgan birinchi Osiyo yetakchisi bo‘ladi. Indoneziya Prezidenti 26-27 iyun kunlari Germaniyaga tashrifidan so‘ng Kiyev va Moskvaga boradi va u yerda “Katta yettilik” (G7) sammitida mehmon sifatida ishtirok etadi. 

Kremldagi manba TASS agentligiga Rossiya Prezidenti Vladimir Putin 30 iyun kuni Moskvada indoneziyalik hamkasbi bilan uchrashishini aytgan. Avvalroq “Jakarta Post” gazetasi Joko Vidodo Moskvada Ukraina donini eksport qilish muammosini, shuningdek, Indoneziya raisligida bo‘lib o‘tadigan “Yigirmalik guruhi”ning (G20) bo‘lajak sammitini muhokama qilish niyatida ekanligini xabar qilgan edi. 

“Jakarta Post” gazetasining qayd etishicha, Jakarta Ukrainada maxsus operatsiya o‘tkazgani uchun Rossiya Federatsiyasiga qarshi sanksiyalar qo‘llanilishiga qarshi va ikki davlat rahbarlari o‘rtasida “yaxshi shaxsiy munosabatlar” rivojlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

123

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing