Indoneziya poytaxtini ko‘chirmoqda
Olam
−
16 aprel 2022
21579Indoneziya poytaxtini Jakartadan Kalimantanga ko‘chirmoqda. Yangi poytaxt Indoneziya joylashgan mintaqaning she’riy nomi sharafiga Nusantara deb nomlanadi. Bu haqda “vietnamplus” nashri xabar berdi.
Moliya vaziri Sri Mulyani Indravatining qayd etishicha, poytaxtning ko‘chirilishi 2024 yilda amalga oshishi mumkin. Asosiy infratuzilma, ofislar, maktablar va tibbiyot muassasalarini yaratish uchun 27 trillion rupiyadan 30 trillion rupiyagacha (1,88 - 2 milliard dollar) ajratiladi.
Bu bilan hukumat, muntazam suv toshqinlaridan aziyat chekayotgan va yer osti suvlarining ta’siri tufayli dunyodagi eng tez cho‘kayotgan shaharlardan biri bo‘lgan Jakartaga bosimni yumshatishga umid qilmoqda.
Shimoliy Jakartaning ayrim qismlari cho‘kish tufayli yiliga taxminan 25 sm suv ostida qoladi.
Prezident Joko Vidodo 2024 yil vakolat muddati tugagunga qadar poytaxtni ko‘chirishni maqsad qilgan. Indoneziya parlamenti o‘tgan yanvar oyida mamlakat poytaxtini Jakartadan Borneodagi Kalimantanga ko‘chirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qullagan va loyihani amalga oshirish uchun huquqiy asos yaratgan.
Yangi poytaxt Indoneziya joylashgan mintaqaning she’riy nomi sharafiga Nusantara deb nomlanadi. Bu nom Prezident tomonidan tanlangan.
Nusantara hukumat markazi bo‘lib xizmat qiladi, 10 milliondan ortiq aholi istiqomat qiladigan Jakarta esa Janubi-Sharqiy Osiyoning eng yirik iqtisodiyoti bo‘lgan Indoneziyaning biznes va iqtisodiy markazi bo‘lib qoladi.
LiveBarchasi