Imomxo‘jayev Rossiyaning OFKga o‘tishidagi absurdlarni aytdi

Sport

image

FIFA va UEFAning sanksiyalaridan so‘ng Rossiya futbol federatsiyasi OFKga qo‘shilishga qaror qildi. O‘zPFL bosh direktori Diyor Imomxo‘jayev Rossiya futbolining Osiyo darvozasini taqillatganiga izoh berdi.

"UEFA va FIFA Rossiyaga urush sababli sanksiyalar kiritdi. Va endi bu ikki tashkilot Rossiyaning OFK a’zosiga aylanishiga qarshilik qilmayapti. Kimdir o‘ziga ravo ko‘rmayotganini bizga berishga tayyor. Bu birinchi absurd. Muammodan qochishmas, uni yechish kerak. Rossiya yechmayapti, buning uchun urush to‘xtatilishi kerak. Rossiya futboldan qochyapti. Bu ikkinchi absurd. Chunki UEFAdan ketib, OFK tasarrufiga qo‘shilish bu oldinga emas, ortga tashlangan qadam", deb yozmoqda Imomxo‘jayev o‘z sahifasida.

Shuningdek, Imomxo‘jayev Rossiyaning OFKga qo‘shilishi qolgan jamoalarga geografik jihatdan noqulayliklar keltirib chiqarishini ta’kidladi.

"Rossiya OFK a’zosiga aylansa, geografiya qanchalik kengayishini tasavvur qilib ko‘ring: eng shimoliy mamlakat – Rossiya va eng janubiy mamlakat – Avstraliya bizning qit’ada bo‘ladi. Bu eng katta absurd, chunki hech qaysi konfederatsiyada masofa bu qadar katta emas. Bizga faqat 1 ta xayol – UEFAda 1 ta o‘rin bo‘shayotgani tinchlik bermayapti. G‘arbiy Yevropa masofa nuqtai nazaridan buni istamasligi katta ehtimol. Biroq barter ko‘zi bilan qaralsa, hech bo‘lmaganda xayol qilishga haqimiz bor. Bilasizmi nima, agar hamma mezonlar to‘g‘ri ishlasa, sport siyosatdan uzoqda turishi kerak. Chunki kimlardir baribir konkret prinsiplarida tura olmayotgandek tasavvur uyg‘otmoqda", deydi O‘zPFL rahbari.

Ma’lumot uchun, UEFA Rossiyaning OFKga o‘tish masalasini 31 dekabr kuni ko‘rib chiqishni ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Diyor Imomxo'jayev

Baholaganlar

566

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar