Imomali Rahmonning nabirasi yuqori lavozimni egalladi

Olam

image

Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmonning nabirasi Ismoil Mahmadzoir mamlakat Dzyudo federatsiyasi prezidenti etib saylandi. Bu haqda  “Sputnik Tadjikistan” respublika yoshlar qo‘mitasiga tayanib ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Mahmadzoir Federatsiyaning navbatdan tashqari qayta saylov yig‘ilishida yangi lavozimga saylangan.

Imomali Rahmonning nabirasi nomzodini yig‘ilganlarning barchasi qo‘llab-quvvatlagan. U bu lavozimda o‘z xohishi bilan iste’foga chiqqan Nurullo Loyiqov o‘rniga kelgan. Biroq u Dzyudo federatsiyasi vitse-prezidenti lavozimida ishlashda davom etadi.

Shu tariqa, Ismoil Mahmadzoir 2022 yildan 2026 yilgacha federatsiyani boshqaradi.

Ma’lumot uchun, Ismoil Mahmadzoir prezidentning to‘ng‘ich qizi Firuza Rahmonova va Mahmadzoir Soibovning o‘g‘li bo‘lib, u hozirda 26 yoshda. O‘tgan yili u "Yil xayriyachisi" unvonini olgan. U pandemiya davrida 2 mingdan ortiq oilaga oziq-ovqat bilan yordam bergan.

Bundan tashqari, prezidentning nabirasi doimiy ravishda Ko‘lobning “Ravshan” futbol jamoasini qo‘llab-quvvatlaydi va “Hoji Sharif” klubiga homiylik qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1083

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing